← AHDAHD · Huquqiy hujjatlar

AHD Maxfiylik siyosati

Kuchga kirish sanasi: 2026-yil 9-sentabr

Shaxsga doir ma’lumotlar operatori: “ALPHA SYSTEMS” MCHJ

STIR: 313191057

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Xo‘jamag‘iz MFY, Ulug‘vor ko‘chasi, 70-uy

Bog‘lanish: @abrorjon_allaberganov, +998 94 888 38 88

1. Siyosat doirasi

Ushbu Siyosat AHD Telegram boti, Telegram Mini App va ular bilan bog‘liq xizmatlarda shaxsga doir ma’lumotlar qanday olinishi, ishlatilishi, uzatilishi, himoyalanishi va o‘chirilishini tushuntiradi.

2. Biz oladigan ma’lumotlar

2.1. Telegram taqdim etadigan ma’lumotlar

• Telegram ID;

• ism va mavjud bo‘lsa familiya;

• username;

• Telegram Mini App autentifikatsiya ma’lumotlari;

• foydalanuvchi ixtiyoriy bog‘lagan Google akkauntining o‘zgarmas identifikatori (`sub`), tasdiqlangan emaili, profil nomi va rasmi;

• foydalanuvchi bot bilan muloqot qilgan sana-vaqt va texnik identifikatorlar.

AHD Telegram paroli, shaxsiy chatlar yoki Telegram kontaktlar ro‘yxatiga umumiy kirish olmaydi. Foydalanuvchi faqat o‘zi tanlab ulashgan kontakt yoki foydalanuvchi haqidagi ma’lumot qayta ishlanadi.

2.2. Foydalanuvchi kiritadigan ma’lumotlar

• amaliyot taraflarining ismi va Telegram ID raqami;

• summa, valyuta, muddat, izoh va amaliyot holati;

• tasdiqlash, rad etish, qisman/to‘liq yopish va bahsli holat yozuvlari;

• eslatma sozlamalari va yuborish tarixi;

• AI yordamchiga berilgan savollar;

• yordam xizmatiga yuborilgan murojaatlar.

• foydalanuvchi Profilga ixtiyoriy kiritgan F.I.Sh. yoki tashkilot nomi, telefon, manzil, STIR va e-mail kabi rekvizitlar.

• foydalanuvchi ixtiyoriy kiritgan jinsi, tug‘ilgan sanasi va hududi;

• akkaunt egasini tekshirish, firibgarlikdan himoya qilish yoki foydalanuvchi so‘ragan huquqiy hujjatni tayyorlash uchun ixtiyoriy kiritilgan pasport seriyasi/raqami va JSHSHIR.

2.3. Avtomatik va texnik ma’lumotlar

• kirish va foydalanish vaqti;

• IP manzil va so‘rov xavfsizligi uchun zarur texnik loglar;

• brauzer/qurilma turi haqida cheklangan ma’lumot;

• xatolik, xavfsizlik va xizmat ishlashiga oid diagnostika ma’lumotlari;

• rozilik berilgan hujjat versiyasi va sana-vaqt.

2.4. Alohida himoyalanadigan ma’lumotlar

Pasport seriyasi/raqami va JSHSHIR majburiy emas. Ular bazada ochiq matn ko‘rinishida emas, alohida kalit bilan shifrlangan holda saqlanadi. Ushbu maydonlarni faqat vakolatli Admin yoki Owner xizmat vazifasi doirasida ko‘rishi mumkin; har bir ko‘rish audit jurnaliga yoziladi. Operator, Support va Analyst rollari bu ma’lumotni ko‘rmaydi.

AHD bank karta rekvizitlari, aniq geolokatsiya, biometrik ma’lumot, MyID yoki Face ID ma’lumotlarini yig‘maydi. Bunday funksiya keyinchalik qo‘shilsa, Siyosat yangilanadi va zarur hollarda alohida rozilik olinadi.

3. Qayta ishlash maqsadlari

Ma’lumotlar quyidagilar uchun ishlatiladi:

• foydalanuvchini Telegram orqali autentifikatsiya qilish;

• oldi-berdi amaliyotlarini yaratish, tasdiqlash va tarixini yuritish;

• saldo, muddat, hisobot va eksportlarni hisoblash;

• majburiy va sozlanadigan eslatmalarni yuborish;

• firibgarlik, spam, ruxsatsiz kirish va texnik xatolarni aniqlash;

• foydalanuvchi murojaatiga javob berish;

• tarif limitlarini va AI foydalanish limitini hisoblash;

• qonuniy majburiyatlarni bajarish va nizolarni ko‘rib chiqish.

• foydalanuvchi talab qilgan aniq amaliyot yoki kontragent doirasi bo‘yicha sudga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan hujjatni tayyorlash;

• foydalanuvchining roziligi asosida yangilik, aksiya va xizmat xabarlarini yoshi, jinsi, hududi yoki tarifi bo‘yicha tegishli auditoriyaga yuborish.

4. AI yordamchi va tashqi AI xizmati

4.1. AI yordamchi ishlatilganda foydalanuvchining savoli, ismi va javob uchun zarur bo‘lgan oxirgi amaliyotlarining cheklangan majmuasi AI xizmat ko‘rsatuvchisi — OpenAI’ga yuborilishi mumkin.

4.2. Uzatiladigan ma’lumot amaliyot ID raqami, kontakt nomi, amal turi, summa, to‘langan summa, valyuta, muddat, holat va izohni o‘z ichiga olishi mumkin.

4.3. Foydalanuvchi izoh va AI savoliga pasport, karta raqami, parol yoki boshqa ortiqcha maxfiy ma’lumot kiritmasligi kerak.

4.4. AI funksiyasi ixtiyoriy va tegishli tarif doirasida ishlaydi.

5. Ma’lumot kimlar bilan ulashiladi

Zarur doirada:

• Telegram — bot va Mini App ishlashi, xabar va tasdiqlarni yetkazish uchun;

• Google — foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda Google orqali akkaunt himoyasi yoki profilni tiklashni yoqqanda;

• Cloudflare — DNS, reverse proxy, Tunnel, trafik xavfsizligi va Admin kirishini himoyalash uchun; bunda IP manzil, so‘rov metama’lumotlari hamda vakolatli Adminning emaili yoki identifikatsiya tasdig‘i qayta ishlanishi mumkin;

• OpenAI — foydalanuvchi AI yordamchini ixtiyoriy ishga tushirganda;

• eksportni foydalanuvchi tanlagan qabul qiluvchi — foydalanuvchi tarix yoki hisobotni ulashganda;

• vakolatli davlat organlari — qonuniy va asoslangan talab bo‘lsa;

• professional maslahatchilar yoki pudratchilar — maxfiylik va xavfsizlik majburiyatlari asosida.

Biz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi tomonning reklama maqsadlari uchun sotmaymiz.

6. Ikkinchi tomon ma’lumotlari

6.1. Foydalanuvchi kontakt yoki amaliyot yaratishda boshqa shaxsning ismi va Telegram ID raqamini kiritishi mumkin.

6.2. Foydalanuvchi bunday ma’lumotni qonuniy asosda taqdim etishi, ikkinchi tomonni xabardor qilishi va kerakli rozilikni olishi uchun javobgardir.

6.3. Ikkinchi tomon botga kirib amaliyotni tasdiqlash, rad etish yoki o‘z huquqlarini amalga oshirish imkoniga ega.

7. Ma’lumotlarni saqlash muddati

7.1. Akkaunt va amaliyot ma’lumotlari foydalanuvchi akkaunti faol bo‘lgan va Xizmat ko‘rsatilayotgan davrda saqlanadi.

7.2. Hisob o‘chirilgach yoki foydalanuvchining Xizmatdan foydalanishi to‘xtagan deb belgilangan sanadan boshlab ma’lumotlar 12 oy davomida cheklangan rejimda saqlanadi. Ushbu muddat foydalanuvchiga ma’lumotini tiklash imkonini berish, nizolarni ko‘rib chiqish, xavfsizlik va firibgarlikning oldini olish uchun qo‘llanadi.

7.3. Tasdiqlangan ikki tomonlama amaliyot bir foydalanuvchi talabi bilan ikkinchi tomon tarixidan bir tomonlama o‘chirib yuborilmasligi mumkin. Bunda ko‘rinish va foydalanish zarur doira bilan cheklanadi.

7.4. 12 oylik muddat tugagach ma’lumotlar o‘chiriladi yoki identifikatsiyadan chiqariladi. Qonunchilikda uzoqroq saqlash majburiy bo‘lsa, davom etayotgan nizo mavjud bo‘lsa, firibgarlikning oldini olish zarur bo‘lsa yoki boshqa tomonning tasdiqlangan amaliyot tarixidagi huquqlarini himoya qilish talab etilsa, tegishli yozuv faqat zarur muddat va zarur hajmda saqlanishi mumkin.

7.5. “Foydalanish to‘xtagan” holat faqat oldindan e’lon qilingan aniq mezon asosida belgilanadi. Operator foydalanuvchiga Telegram orqali xabar yuborib, ma’lumotni eksport qilish, akkauntni qayta faollashtirish yoki o‘chirish imkonini beradi. Faqat Mini Appni ma’lum muddat ochmaslik, akkaunt o‘chirilmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan 12 oylik muddatni boshlamaydi.

7.6. Rozilik va oferta aksepti jurnali, to‘lov/buxgalteriya yozuvlari hamda xavfsizlik loglari tegishli qonunchilik talab qilgan alohida muddatlarda saqlanishi mumkin. Ushbu muddatlar MChJ ro‘yxatdan o‘tgach yuridik va buxgalteriya tekshiruvi asosida e’lon qilinadi.

8. Xavfsizlik

Biz Telegram Mini App initData imzosini tekshirish, so‘rovlarni autentifikatsiya qilish, server sirlarini foydalanuvchi kodidan ajratish, rolga asoslangan kirish cheklovlari, maxfiy maydonlarni AES-256-GCM bilan shifrlash, ko‘rishlarni audit qilish, zaxira nusxalari va xavfsizlik loglari kabi choralarni qo‘llaymiz.

Hech bir elektron tizim mutlaq xavfsizlikni kafolatlamaydi. Xavfsizlik hodisasi aniqlansa, qonunda talab qilingan hollarda tegishli shaxslar va organlar xabardor qilinadi.

9. Foydalanuvchining huquqlari

Foydalanuvchi qonunchilik doirasida:

• o‘zi haqidagi ma’lumot mavjudligini bilish;

• ma’lumot nusxasini so‘rash;

• noto‘g‘ri ma’lumotni tuzatish;

• qayta ishlash asoslari haqida axborot olish;

• rozilikka asoslangan qayta ishlashda rozilikni qaytarib olish;

• qonuniy cheklovlarni hisobga olgan holda o‘chirish yoki qayta ishlashni cheklashni so‘rash;

• vakolatli organga shikoyat qilish huquqiga ega.

So‘rov yuborish: @abrorjon_allaberganov yoki +998 94 888 38 88. Shaxsni tekshirish uchun qo‘shimcha tasdiq so‘ralishi mumkin.

10. Voyaga yetmaganlar

Xizmat mustaqil moliyaviy majburiyatlarni qayd etish uchun mo‘ljallangan va odatda 18 yoshga to‘lgan shaxslar foydalanishi kerak. Voyaga yetmagan shaxs ma’lumoti aniqlansa, qonuniy vakil va qonunchilik talablariga muvofiq choralar ko‘riladi.

11. Saqlash joyi va transchegaraviy uzatish

11.1. AHDning amaldagi asosiy dasturiy xizmatlari va PostgreSQL ma’lumotlar bazasi Operator nazoratidagi Mac Mini M4 serverida, lokal Docker infratuzilmasida ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi zaxira nusxalari Operator nazoratidagi himoyalangan lokal saqlash joyida saqlanadi.

11.2. Telegram, Google akkaunt xizmatlari, OpenAI va Cloudflare’dan foydalanish ayrim ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida saqlanishi, uzatilishi yoki ularga ishlov berilishini anglatishi mumkin.

11.3. AHD biometrik va genetik ma’lumotlarni yig‘maydi hamda telekommunikatsiya operatori hisoblanmaydi. Boshqa shaxsga doir ma’lumotlarning xorijda saqlanishi O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 27¹-moddasida nazarda tutilgan shartlar, amaldagi shartnomaviy himoya choralari, axborot xavfsizligi standartlari va zarur hollarda foydalanuvchining roziligi asosida amalga oshiriladi.

11.4. Operator shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi, jalb qilingan ma’lumotlarni qayta ishlovchilar bilan tegishli shartlarni rasmiylashtiradi va foydalanuvchiga mo‘ljallanayotgan transchegaraviy uzatish haqida axborot beradi.

11.5. Infratuzilma, region yoki provayder o‘zgarsa, ushbu Siyosat yangilanadi. Operator loyiha texnik va iqtisodiy imkoniyatlari yetarli bo‘lganda asosiy shaxsga doir ma’lumotlarni O‘zbekiston hududidagi ishonchli infratuzilmaga ko‘chirishni rejalashtiradi; ushbu reja amaldagi xavfsizlik va qonuniylik majburiyatlarini kechiktirmaydi.

12. Cookie va lokal saqlash

Mini App oxirgi ko‘rilgan ma’lumotlarni internet bo‘lmaganda ko‘rsatish uchun qurilmada lokal cache saqlashi mumkin. Foydalanuvchi Telegram yoki qurilma ma’lumotlarini tozalash orqali cache’ni o‘chirishi mumkin.

13. Siyosatni o‘zgartirish

Har bir versiya raqami va kuchga kirish sanasi bilan e’lon qilinadi. Qayta ishlash maqsadi, ma’lumot toifalari yoki uchinchi tomonlarga uzatishda muhim o‘zgarish bo‘lsa, foydalanuvchidan qayta rozilik olinadi.

14. Bog‘lanish

Shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha mas’ul: A. Allaberganov, direktor

Operator: “ALPHA SYSTEMS” MCHJ

STIR: 313191057

Telegram: @abrorjon_allaberganov

Telefon: +998 94 888 38 88

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Xo‘jamag‘iz MFY, Ulug‘vor ko‘chasi, 70-uy

AHD · “ALPHA SYSTEMS” MChJ